Oʻzbekiston nima sababdan Rossiyaga gaz eksportini toʻxtatdi, balki…

Oʻzbekiston ichki mavsumiy isteʼmolni qoplash uchun Rossiyaga tabiiy gaz eksportini butunlay toʻxtatdi. Bu haqda Energetika vazirligiga tayanib, «Interfaх» xabar berdi.

Ochiqlanishicha, gaz eksportining toʻxatilishi ichki isteʼmoldagi mavsumiy maksimumlarni qoplash uchun amalga oshirilmoqda.

«Ayni paytda Rossiyaga gaz yetkazib berish amalga oshirilmayapti, 2022-yilga moʻljallangan rejalar ham yoʻq», deyiladi vazirlik maʼlumotida.

Rasmiy statistikaga koʻra, 2018-yilda Oʻzbekiston «Gazprom»ga 3,8 milliard kub metr gaz yetkazib bergan, 2019 yilda yetkazib berish hajmini 4,9 milliard kubga oshirgan, 2020-yilda esa toʻxtatilgan. Oʻz navbatida, 2020 yilda «Gazprom» turkman gazini Oʻzbekistonga yetkazib berishni boshlagan. Oʻzbekiston 2021 yilning 11 oyida qariyb 685 million dollarlik gaz eksportini amalga oshirgan.

«Markaziy Osiyo davlatlari hozir juda jadal rivojlanmoqda. Bu, birinchi navbatda, Oʻzbekistonga tegishli. Biz bu mamlakatda isteʼmolning katta oʻsishini kuzatayapmiz. Shu bois, tabiiyki, gaz xaridi maʼlum darajada qisqaradi, chunki davlat gazni oʻz ehtiyojlari uchun yoʻnaltiradi», — deya «Gazprom» boshqaruvi raisi oʻrinbosari, «Gazprom eksport» bosh direktori Yelena Burmistrova may oyida Oʻzbekiston gazi bilan bogʻliq vaziyatga izoh bergan.

Oʻzbekiston mamlakat ichidagi mavsumiy maksimal isteʼmolni qoplash uchun tabiiy gaz eksportini butunlay toʻxtatdi. Bu haqda «Interfaks» Oʻzbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2022-yilda Oʻzbekiston Rossiyaga tabiiy gaz yetkazib berishni rejalashtirmayapti.

«Ayni paytda Rossiya Federatsiyasiga gaz yetkazib berish amalga oshirilmayapti, 2022-yilga moʻljallangan rejalar ham yoʻq», deyilgan vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, 2018-yilda Oʻzbekiston «Gazprom»ga 3,8 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib bergan. 2019-yilda yetkazib berish hajmi 4,9 milliard kub metrga oshirilgan va 2020-yilda yetkazib berish toʻxtatilgan. Shuningdek, 2020-yilda «Gazprom» turkman gazini Oʻzbekistonga yetkazib berishni boshlagan.

«Markaziy Osiyo davlatlari hozir juda jadal rivojlanmoqda. Bu, birinchi navbatda, Oʻzbekistonga tegishli. Biz bu mamlakatda isteʼmolning katta oʻsishini kuzatayapmiz. Shu bois, tabiiyki, gaz xaridi u yoki bu darajada qisqaradi, chunki davlat gazni oʻz ehtiyojlari uchun yoʻnaltiradi», — degan 2021 yil may oyida oʻzbek gazi bilan bogʻliq vaziyatni sharhlar ekan «Gazprom» boshqaruvi raisi oʻrinbosari, «Gazprom eksport» bosh direktori Elena Burmistrova.

BP statistik qoʻllanmasiga koʻra, Oʻzbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi 2019 yildagi 57,3 milliard kub metrdan 2020-yilda 47,1 milliard kub metrgacha qisqargan. Shu bilan birga, ichki isteʼmol deyarli oʻzgarmagan. Isteʼmol hajmi 2019-yildagi 44,4 milliard kub metrdan keyin 43 milliard kub metrni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston gaz yetkazib berishining asosiy yoʻnalishi Xitoy hisoblanadi. Xitoy bojxona maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda 3,277 milliard kub metr gaz yetkazib berilgan boʻlsa, 2021-yilning 10 oyi davomida yetkazib berish ikki baravardan koʻproqqa oshib, 4 milliard 200 million kub metrga yetgan.

Rossiyaga gaz eksportining toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi bayonotlar Qozogʻistondagi noroziliklar fonida yangrayotgani eʼtiborni tortmasdan qolmaydi. Aslida 2020-yildan buyon Rossiyaga gaz eksporti toʻliq toʻxtagan, Shimolga qarab yoʻnalgan magistral trubalar Turkmanistondan gaz importi uchun ishlatilmoqda.

Shaxruza Sattorova