Global indeksda ochlik darajasi boʻyicha mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston 2021-yilgi Global ochlik indeksida 21-oʻrinni egalladi. Tunis Oʻzbekistondan bir chiziq pastda, Kosta-Rika yuqorida.
Eng ogʻir ochlik holati Somalida (116-oʻrin), Suriyada (115-oʻrin), Janubiy Sudanda (115-oʻrin) kuzatilmoqda. Reyting boshida Belarus, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Chili va Xitoy joylashgan.
Indeks quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlanadi:
yetarli darajada oziqlanmagan aholi ulushi;
vazni normadan past boʻlgan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi;
meʼyordan past oʻsish bilan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi;
5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi.
2021-yil uchun GHI hisoboti uchun maʼlumotlar 135 mamlakat uchun tahlil qilingan. Ulardan 2021-yil uchun GHI ballarini hisoblash va 116 ta davlatni (taqqoslash uchun 2020-yilgi hisobotda 107 ta davlat oʻrin olgan) oʻrinni egallash uchun yetarli maʼlumotlar mavjud edi.