Maktabgacha ta’lim vazirligining xabar berishicha, davlat bog‘chalarida karantin choralari kuchaytiriladi. Jumladan:
➖bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;
➖ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PZR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim);
➖ yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish choralari ko‘riladi;
➖ mazkur cheklovning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari qo‘llaniladi.