O‘zbekiston armiyasi qudrati fakt va raqamlarda

Bugun Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 30 yil to‘ldi. Bu vaqt ichida O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda harbiy salohiyati, texnikalari bo‘yicha eng kuchli armiya sifatida e’tirof etildi.

Jumladan, “Global Firepower Index-2021” reytingida O‘zbekiston harbiy salohiyati bo‘yicha dunyoda 51-o‘rinni, MDH mamlakatlari orasida esa Qurolli Kuchlarimiz 3-o‘rinni egallaydi.

“Global Firepower Index-2021” reytingida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra:

– Harbiy xizmatga safarbar etilishi mumkin bo‘lgan fuqarolar soni – 13 350 972 nafar;
– Harbiylashgan tuzilmalar soni – 20 000;
– Umumiy harbiy xizmatchilar – 70 000 nafar (shundan hozirda safarbar etilgan harbiylar 50 000 nafar, zaxiraga olingan harbiylar soni 20 000 nafar);
– Shaxsiy tarkibning prfessionallik darajasi – 68 foiz, zamonaviy qurollar bilan ta’minlanganlik darajasi esa 48 foiz;
– Harbiy samolyotlar – 194 dona (jangovar qiruvchi samolyotlar 60ta, bo‘ronchi samolyotlar 20ta, transport samolyotlari 18ta va o‘quv samolyotlari 7ta);
– Harbiy vertolyotlar – 89 dona (harbiy qiruvchi vertolyotlar 33ta);
– Tanklar – 420 dona (o‘ziyurar artileriya 80ta, og‘ir artileriya 60ta);
– Harbiy zirxli mashinalar – 1 215 dona (raketa kompleksi 98 dona);
– Harbiy byudjet 1,4 mlrd AQSh dollari.