Endi oldin emlangan fuqarolar ham yutuqli o‘yinda ishtirok eta oladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash axborot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq Emlangan fuqarolar o‘rtasida yutuqli lotariya qo‘yilishi ma’lum qilingandi.
Aytib o‘tilishicha, 2022 yilning yanvar, fevral va mart oylarida emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar o‘rtasida qimmatbaho yutuqli o‘yin (bosh sovrin — avtomobil) tashkil etiladi.
SSV ushbu e’longa qo‘shimcha kiritganligi aytib o‘tildi.
Unga ko‘ra, endilikda, matnda ko‘rsatilgan muddatlardan avval koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolarimiz ham shu yilning fevral oyidan boshlab o‘tkaziladigan mazkur yutuqli o‘yinda ishtirok etishlari mumkin.
Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi «omikron» shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.