O‘zbekiston san’at arbobi, professor, teatr rejissyori, pedagog Jo‘ra Mahmudov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Jo‘ra Mahmudov faoliyati davomida «Ona»,«Qiyomat qarz», «Insonlikka nomzod», «Og‘riq tishlar», «Soxta oqsuyak», «Qayerdasan, jon bolam», «Qirol Lir» va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan. Har bir spektaklni badiiy-g‘oyaviy yuksakligi, ta’sir kuchini oshirishda tasviriy musiqiy, texnik vositalardan unumli foydalangan.
Jo‘ra Mahmudov «Adolat kuni», «Ovsinlar», «Sadoqat» kabi sahna asarlari, «Osmondan tanga yoqqan kun», «Tomchi», «Alpomish», «Ikkivoy va Beshvoy» kabi kichik tomoshabinlarga bag‘ishlangan ertak-pyesalar ham yozgan.
Ogoh.uz tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.