Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–103-son, 26.01.2022 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra 2022 yildan boshlab:
yiliga bir marta 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan aholining salomatlik profili (ovqatlanish xarakteri, tamakiga qaramlik, tana vazni indeksi, arterial bosim, qondagi qand va xolesterin darajasi va boshqalar) baholanadi;
40 yoshdan oshganlar yiliga kamida bir marta skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi;
yurak-qon tomir kasalliklari aniqlanganlarning yagona elektron reyestri yuritiladi va reyestrdagi 200 mingdan ziyod aholiga enalapril (Enalapril) dori vositasi bepul beriladi;
ehtiyojga ko‘ra tuman (shahar) shifoxonalari koagulometr uskunasi va zarur reaktivlar bilan ta’minlanadi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallarida kardiologiya yo‘nalishida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bosqichma-bosqich 15 turdan 35 turgacha oshiriladi.