Andijonda yangi tug’ilgan chaqaloqning jasadi topildi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yangi tug‘ilgan qiz chaqaloqning jasadi topilgan. Bu haqda mahalliy Telegram-kanallarda xabar berildi.

Holatga Bosh prokuratura ham eʼtibor qaratgan.
Mahkama matbuot xizmatiga ko‘ra, chaqaloqning jasadi topilganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.