Oʻzbekistonda OITSga chalinganlar soni maʼlum qilindi

Oʻzbekistonda OITS bilan kasallangan soni va bu kasallik haqidagi baʼzi maʼlumotlar ochiqlandi. Bu haqda UzA maʼlum qildi.

Xabarda keltirilishicha, bugungi kunda respublikada 45 ming nafar odamlar OITS (SPID) bilan yashab kelmoqda. Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga toʻlmagan bolalar tashkil etadi.

OITS bilan kasallanish koʻrsatkichi yuqoriligi ichki migratsiya hamda aholi sonini koʻpligi hisobiga Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatiga toʻgʻri kelmoqda, deyiladi xabarda.

Maʼlumot oʻrnida, “Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi” atamasi 1981 yilda shifokorlar tomonidan kiritilgan. Ikki yil oʻtgach, fransuz shifokori Lyuk Montane va uning hamkasblari OIV infeksiyasining mavjudligini isbotlay olishdi.