Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan Moʻmin Mamurjonovich Ibodov vazirning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi etib tayinlandi.
Moʻmin Ibodov 1982 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 2003 yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Uzoq yillar davomida OAV va Axborot xizmatlarida faoliyat yuritib, katta tajriba orttirgan.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati, Davlat aktivlarini boshqarish agentligida axborot siyosati masalalari boʻyicha faoliyat olib borgan.
Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga asosan amalga oshirildi.