Bugun, 2 fevral kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali rasmiy kanalida Qurilish vazirligining markaziy apparatidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi.
Ushbu roʻyxatda Matbuot kotibi — vazirning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi ham boʻsh ish oʻrni sifatida koʻrsatilgan va talabgor nomzodlardan hujjatlar 2022 yil 2 fevraldan 11 fevralgacha qabul qilinishi aytilgan.
Talabgorlar allaqachon oʻz hujjatlarini taqdim etishni boshlashdi. Biroq…
Qiziq jihati shundaki, kecha, 1 fevral kuni Qurilish vazirligi aynan ushbu lavozimga yangi tayinlov amalga oshirilganini eʼlon qilgandi. Yaʼni Matbuot kotibi tayinlanib boʻlgan. Xoʻsh, odatda shunaqasi ham boʻlib turadimi? Buni qanday tushunish mumkin? Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Vazirlik tayinlovidan bexabarmi? Gʻalati emasmi?! Endi bugungi eʼlon boʻyicha yangi talabgorlarning hujjatlari rad etiladimi? Ularga nima deb asos keltiriladi?