Bugun Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutimoqda. Harorat foni koʻp yillik qiymatlardan 5-7° ga yuqori boʻladi. Bugun kunduz kuni havo 12-14° iliqgacha, baʼzi joylarda 16-18° iliqgacha isiydi.
Ertaga iliq havo massasining kirib kelishi kuchayadi, kunduz kungi harorat 14-17° iliqgacha, baʼzi joylarda 20-22° iliqgacha koʻtariladi, kechasi biroz sovuq saqlanib turadi.
Respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga boʻyi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi prognoz qilinmoqda.
Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, ob-havo keskin yomonlashadi. Mamlakatimiz boʻyicha yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, harorat kunduz kuni 4-9° iliqgacha, shimolda 0-5° iliqgacha pasayadi. 4-6 fevralda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatiladi, jumladan :
4 fevralda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;
5-6 fevralda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin. Togʻli avtomobil yoʻllarda qor uyumlari va koʻrinish yomonlashishi kutilishi haqida ogohlantirib, fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirdi Oʻzgidromet.