Avtomobillarning ayrim turlari bojxona bojidan ozod qilinadi

Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni jadal rivojlantirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga tez tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun respublikaga olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari 2024 yil 1 yanvargacha import bojxona bojidan ozod qilinadi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ushbu qaror rasmiy e’lon qilingunga qadar olib kirilgan «bojxona ombori» rejimida olti oydan ko‘p turgan yangi tez tibbiy yordam avtomobillarining bojxona rasmiylashtiruvida ham qo‘llaniladi.