Oʻzbekiston Jahon bankidan 300 million dollar qarz oladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022-2026 yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi OʻzA.

Qaror mamlakatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish, bu orqali qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish maqsadlari uchun 2022 yilda Jahon bankining 300 million dollar miqdoridagi kredit mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrish vazifasi qoʻyilgan.