3-fevral kuni janjal oqibatida arnasoylik fuqaro xususiy korxona rahbarini ov quroli bilan otib oʻldirgan. Bu haqda Respublika IIB axborot xizmati maʼlum qildi.
Arnasoy tumani Gʻafur Gʻulom mahallasida istiqomat qiluvchi 54 yoshli tadbirkorning yeriga Paxtakor tumani Toshkent mahallasida yashovchi 1960-yilda tugʻilgan xususiy korxona rahbari tuman sudining qaroriga asosan yerni olish uchun Forish tumani majburiy ijro byurosi xodimlari bilan borishgan vaqtda oʻrtada janjal kelib chiqqan.
Va arnasoylik xususiy tadbirkor oʻziga tegishli ov miltig’ida yerni olish uchun kelgan tadbirkorning oʻng koʻkrak qafasiga bir marotaba otib, tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganda vafot etgan.