«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 11-12 — fevral kunlari respublikaga avvaliga Turkmaniston orqali iliq havo oqimlari, so‘ngra Shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda.
Bu havo oqimlari kirib kelishi tufayli ayrim hududlarda 17-22 m/s tezlikda kuchli shamollar va chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin.
Qayd etilishicha, shu kunlarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
Nam havo oqimlaridan shimol va tog‘larda qor, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.