Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Satvaldiyev Nodirjon Abduvaxidovich Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, N. Satvaldiyev 2009 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlab, o‘z ish faoliyatini farmasevtik kompaniyasi menejeri sifatida boshlagan.
Keyinchalik Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi pulmonologiya bo‘limi klinik ordinatori, shifokor-statisti, Maslahat poliklinikasi mudiri lavozimlarida mehnat qilgan.
37 yoshli malakali shifokor 2020 yildan hozirga qadar ushbu markazning bosh shifokori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Mudofaa vazirligida ham taniyinlov amalga oshirilgani haqida xabar bergan edik.