Gravitasiya YouTube kanali tomonidan 93 ta davlatdagi o‘rtacha oylik ish haqi tahlil qilingan.
Unga ko‘ra, eng kam ish o‘rtacha oylik Venesuelada qayd etilgan, ya’ni 10 dollar. Undan keyingi o‘rinda Kuba 34 dollarni, shimoliy Koreya 45 dollarni, Suriya 75 dollarni tashkil qiladi.
Qo‘shni mamlakatlar Tojikiston 135 dollar bilan 88-o‘rinni, Qirg‘iziston 244 dollar bilan 77-o‘rinni, Turkmaniston 275 dollar bilan-74 o‘rinni, Qozog‘iston 544 dollar bilan 58-o‘rinni, Turkiya 757 dollar hisobida 53-o‘rinni, 766 dollar bilan Rossiya 52-o‘rinni band etgan.
Eng yuqori uch o‘rinni Lyuksemburg 6 485 dollar, Daniya 6 770 dollar, Shveysariya 6870 dollar o‘rtacha maosh bilan egallagan.
Shuningdek, ro‘yxatda O‘zbekiston 267 dollar o‘rtacha maosh bilan 76-o‘rindan joy olgan.