Bir murojaat keldi. Unda Farg‘ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasida ishlaydigan 200 nafardan ortiq ayollar ish vaqti tugaganiga 1 soat vaqt bo‘lsada ish joyidan olib ketish uchun transport kelmayotganidan norozi bo‘lishayotganini ko‘rish mumkin.
Farg‘ona shahrida(aslida Farg‘ona tuman hududi, Ilg‘or 5 massivi, Aeroportni ort tarafi) zamonaviy Eko shahar qurilmoqda. U yerda ko‘p qavatli uylar, shahar bo‘ylab sun’iy ko‘l, dam olish va savdo joylari, istirohat bog‘i, shuningdek 70 gektarlik yashil bog‘ bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Obodonlashtirish xodimlari(aksari ayollar) shu yerga olib kelinib, daraxtlar ektirish ishlariga jalb qilinmoqda.
Videodagi ayollarni e’tirozi rahbariyatiga. Soat 16⁰⁰da ish vaqti tugasada, 17⁰⁰ bo‘lishiga qaramasdan transport yo‘q, bo‘lsa ham yetarli emas. Shahar obodonlashtirish boshqarmasida asosan ayollardan iborat, taxminan 1000 nafar ishchilar bor.
Ularning aksari tumanlardan kelib ishlaydi. Soat 18⁰⁰da ishxonasiga qaytib borsa, qachonda uyiga ketadi?
Rahbarlar(videoda aytilishicha) mashinalarida ketib yuborishgan.
Shu ayollar mehnat sharoitlari biroz yaxshilanishi uchun yordam so‘rashmoqda. Yo rahbariyatini almashtirish kerak, yo ishlash tizimlarini.