Qilmish qidirmish: 19 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi

2003 yil 10 yanvarda, bundan 19 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi.

Aniqlanishicha,Uchtepa tumaniga qarashli ko‘pqavatli uylarning birida yolg‘iz o‘zi yashovchi rus millatiga mansub ayolning murdasi, tan jarohatlari bilan qonga belangan va boshiga syelofan paket kiygizib ketilgan holda topilgan.

O‘sha vaqtda olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida xonadon egasining qasddan o‘ldirilganligi, xonadonga kirish eshigi kaliti tashqi tomonda qoldirilgganligi, xonadon bo‘ylab gaz isi to‘planib qolganligi hamda uyda mavjud gaz komforkalari va duxovkasi jo‘mraklari ochiq holda qoldirilganligi aniqlangan. Sigareta qoldiqlari va ulardan olingan qo‘l-barmoq izlari hamda yuvinish xonasidan erkaklar uzugi topilgan.

Ammo 19 yil davomida bu barmoq izlari kimga tegishli ekanligi noma’lum bo‘lib qolavergan.
Ish tafsilotiga ko‘ra uy egasi bir o‘zi istiqomat qilganligi va uning huzuriga kelib ketuvchilar haqida ma’lumot bo‘lmaganligi tufayli jinoyat sodir etgan shaxsni aniqlashgning imkoni bo‘lmagan.

Jinoyat ishi jinoyat-prosessual kodeksining 364-moddasi 1-bandi 1-qismiga asosan harakatdan to‘xtatilgan.

Ammo, qilmish qidirmish deganlaridek, 2021 yilning 9 noyabriga kelib, o‘sha vaqtda olingan uch dona qo‘l-barmoq izlari Toshkent shahar IIBB ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan aynan kimga tegishli ekanligi aniqlangan.

Jinoyatni sodir etgan shaxs muqadam mas’ul lavozimlarda ishlab, marhuma bilan yaqindan tanishib, uning uyida ayollar bilan uyarashib yurgan, shuningdek, xonadon egasi bilan ham jinsiy yaqinlik qilgan.

Marhuma jinoyatchidan 300 dollar pul so‘rab, Rossiya, qizining yoniga ketmoqchi ekanligini aytgan. Jinoyatchi yonida bu miqdordagi pul yo‘qligini aytganda jabrlanuvchi eshikni yopib, hozir topib berasan, deb baqirishni boshlagach, natijada jinoyatchi jabrlanuvchining boshiga qattiq urgan.

Ushbu zarbalar oqibatida ayolning vafot etmaganini bilgach, syelofan paket bilan bosh qismini yopib, qo‘llari bilan yuzi va boshiga qattiq zarba berib, qasddan o‘ldirgan.
Dastlabgi tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan JKning 97 moddasi, JKning 173 moddasi 2-kismi bilan ayb e’lon qilinib, jinoyat-prosessual kodeksi 388 moddasi tartibida sudga yuborilgan.

Shaxruza Sattorova