Tayvan Ukrainaga dori-darmonlar yubordi


Tayvan Ukrainaga samolyot orqali 27 tonna tibbiy buyumlar jo‘natgan.


Reuters agentligining Tayvan tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berishicha, dori-darmonlar yuki samolyotda Frankfurtga jo‘natilgan va u yerdan ukrainaliklarga yetkaziladi.


“Xitoy Respublikasi Tayvan xalqaro demokratik lager a’zosi sifatida “Tayvan yordam bera oladi” ruhida harakat qilishni xohlaydi”, — deyiladi Tayvan Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.


Ukrainaga qilingan hujum uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarga Tayvan ham qo’shildi.