Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazishdi.
Xususan, Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyat qo‘riqlash boshqarmasi nazoratchisi muqaddam 2 marotaba sudlangan shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, Samarqand tumanidagi o‘zganing nomida bo‘lgan fermer xo‘jalikning 6 gektar yer maydonini 157 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.
Shuningdek, Oqdaryo tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalik balansidagi 4,8 gektar yer maydonini 45 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 25 ming dollar olgan vaqtida, Urgut tumanidagi fermer xo‘jalik boshqaruvchisi esa 1 gektar yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.