Chinoz tumanidan «A.N.» 2016 yilda «moliyaviy piramida» tashkil qilib, fuqarolardan pul, avtomashina va boshqa qimmatliklarni qabul qilish bilan shug‘ullangani uchun 2017 yilda sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan.
Unga nisbatan amnistiya akti qo‘llanilib, 2021 yilning dekabr oyida ozodlikka chiqarilgan bo‘lsa-da, aksincha, «eski hunarini» davom ettirgan.
U DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, IJQK departamentining hududiy boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Dastlabki surishtiruv natijasida aniqlanishicha, umumiy qiymati 394 mln. so‘mni tashkil qilgan avtomobillar va chorva hayvonlarini fuqarolardan olgani ma’lum bo‘ldi.