Ukrainalik abonentlarga Rossiyaga qo‘ng‘iroq qilish taqiqlandi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Ushbu qaror tezkor ma’lumotlarning Rossiya yoki Belarusga tushib qolishining oldini olish uchun qilingan.
Shuningdek, mobil operatorlar so‘nggi kunlarda xarid qilingan sim-kartalar rossiyalik harbiylar tomonidan foydalanilmasligi uchun ularni faollashtirishni to‘xtatdi.