«Qozi pochcha sizlar nima qilsanglar, ham qonunga to‘g‘ri kelaveradi»

Vazirlar Mahkamasining 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga o‘zgartirishlar kiritish holati bo‘yicha deputat Rasul Kusherboyev o‘z munosabatini bildirib o‘tdi:

– Nizom loyihasi bilan tanishuv davomida ichki ishlar tizimi o‘ziga halaqit berib kelayotgan majburiyatlardan xalos bo‘lmoqchi ekanligi ko‘rinadi.

Masalan, transport vositasi to‘xtatilganida haydovchi YPX xodimi aynan to‘xtatilgan hududda dislokasiyaga asosan xizmat o‘tayotganligi haqida IIV tomonidan belgilangan shaklda tasdiqlangan dislokasiyaning ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishishi mumkin. Endilikda ushbu huquq bekor qilinishi kutilmoqda.

Tashabbuskorning (IIV) bildirishicha, dislokasiya – ichki xizmatda foydalanish uchun belgilangan bo‘lib, ko‘plab yo‘l harakati ishtirokchilari sodir etgan huquqbuzarligi uchun javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida dislokasiya yeo‘rsatilmadi, degan vaj bilan turli instansiyalarga murojaat qilishmoqda ekan.

Xullas o‘sha gap: qozi pochcha sizlar nima qilsanglar ham qonunga to‘g‘ri kelaveradi, deya fikrini tugallagan deputat Kusherboyev.