2022 yilning 3-4 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovise ayeroporti orqali 720 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4 mart holatiga ko‘ra, umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2 579 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
Katovise ayeroportidan uchta qo‘shimcha parvoz kutilmoqda: bugun soat 14:30 va 16:00 da hamda 5-mart soat 03:00 da (Toshkent vaqti bilan). Polsha hududida mamlakatimizning 1 480 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 700 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, 780 nafari esa Katovise ayeroportiga joylashtirilgan.