Shavkat Mirziyoyev: 2021 yilda ehtiyojmand oilalarga mansub 2 mingdan ziyod qizlar oliygohlarga grant asosida qabul qilindi, yana shuncha talaba qizlarga kontrakt pullari to‘lab berildi.
Ayollar taʼlimiga alohida eʼtibor berayotganimiz tufayli, o‘tgan yili oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.
Agar bundan olti yil avval oliygohlarda 110 ming nafar qizlarimiz tahsil olishgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 400 ming nafarga yetdi yoki ularning ulushi 2016 yildagi 38 foizdan ayni paytga kelib qariyb 50 foizga yetdi.
…2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar taʼlimini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilindi. Ushbu hujjat doirasida poytaxtda xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlarini tashkil etamiz.
Barcha talaba qizlarga taʼlim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinadi.