Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi

Bugun Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Menglibekov Baxtiyar Bekmurzayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Menglibekov Mo‘ynoq tumani “Madeli” ovul fuqarolar yig‘inidagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Nomzod Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxiraga olingan edi.

Faoliyatini samarali olib borayotgan mahalladagi hokim yordamchilari va Yoshlar yetakchilarini Milliy kadrlar zaxirasiga olish davom etmoqda.