Ukrainadan Moldovaga o‘tgan o‘zbekistonliklarni olib kelish harakati boshlandi

7-8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetgaman shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi.

28 fevraldan 8 martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 787 nafar vatandoshimiz qaytarildi, deya xabar bermoqda TIV rasmiy vakili.

8 mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan. «Dunyo» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Katoviseda O‘zbekistonga qaytishni kutayotgan yana 300 vatandosh qolgan.

Shu bilan birga, Moldova hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi.