O‘lim xavfini kamaytirish uchun qancha piyoda yurish kerak?

Mutaxassislar o‘lim xavfini kamaytirish uchun kuniga qancha qadam tashlash kerakligini aniqlash ustida tadqiqot o‘tkazdilar.

Hisobot natijalarida kuniga 10 ming qadam yurish umrni uzaytirish uchun aniq bir raqam emasligi ma’lum bo‘ldi.

Ammo tadqiqotchilar tomonidan aytilgan raqam harakasiz turmush tarzini olib boradigan odamlar uchun biroz kuch talab qiladi.

Olimlar to‘rt qit’adan o‘n minglab odamlar haqida ma’lumot to‘plagan 15 ta mavjud tadqiqotdan ma’lumotini olishgan.

Ma’lumotlar o‘tgan yilgi tadqiqotni o‘z ichiga oladi, unda 2000 kishi qatnashgan.

Bir kishi uchun kunlik qadamlarning optimal soni kuniga olti mingga yaqin ekanligini aniqlash mumkin; bu sizning yoshingizga bog‘liq.

Evolyusiya uzoq masofalarni bosib o‘tishimiz uchun fiziologiyamizni yaxshiladi. Bizning metabolizmimiz, yurak-qon tomir salomatligimiz, suyaklarimiz, mushaklarimiz va hatto ruhiy salomatligimiz harakat ta’sirida bo‘ladi.

Yarim asr oldin Yaponiyaning Yamasa Clock and Instrument Company kompaniyasi 1964 yilda Tokio Olimpiadasi sabab bo‘lgan ajiotajdan foydalanishga harakat qildi: ular “Manpo-key” pedometrini chiqardilar. Bu so‘zma-so‘z “10 000 qadam” degan ma’noni anglatadi.

Nega 10 000? Bu aslida marketingdan bo‘lak narsa emas edi.

Tadqiqotchilarning so‘nggi meta-tahlili Osiyo, Avstraliya, Yevropa va Shimoliy Amerikadan 47 471 nafar katta yoshdagilarning salomatligi va qadamlar soni bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Ular har kuni eng ko‘p qadam tashlagan kishilarning 25 foizida o‘lim ehtimoli xuddi shu 25 foiz ro‘yxatning quyi qismida joylashganlarga qaraganda 40-53 foizga kamroq ekanligini aniqladilar.

60 yosh va undan kattalar uchun kuniga 6 000 dan 8 000 gacha qadam tashlash orqali o‘lim xavfini kamaytirish mumkin. Ko‘proq piyoda yurish yana bir boshqa imtiyozlarni beradi.

Eng muhim va diqqatga sazovor qismi shuki – biz odatdagidan bir oz ko‘proq harakat qilishimiz foydali ekanligi haqda dalillar ko‘p. Ayniqsa, jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanmaydiganlar uchun”, – deydi tadqiqot hammuallifi Amanda Palux.