Muqaddam sudlangan va shartli hukm qo‘llanilib sinov muddati tayinlangan shaxs bir yigitni pichoqlab o‘ldirib, sevgan qizini pichoqlab tashladi.
U dehqon bozori orqa qismida joylashgan avtoturargohga kirish qismidagi yo‘lakchada bir fuqaro bilan dastlab yaxshi munosabatda gaplashadi. Fuqaro sundalanuvchiga gaplashib yurgan qizi bilan oila qurolmasligini, uni tinch qo‘yishini tushuntirganida rozi bo‘ladi. O‘zaro qo‘l tashlashib xayrlashgan bo‘lsada, bezorilik oqibatida yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qurollanadi. Fuqaroni qasddan o‘ldirish maqsadida qo‘lidagi pichoq bilan uning ko‘krak va qorin qismiga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Bundan tashqari, sudlanuvchi tungi soat taxminan 23:00 larda ishqiy munosabatda bo‘lgan qizi bilan o‘zaro kelib chiqqan janjal sababli, pichoq bilan uning ko‘krak qismi, o‘ng yelka va bilak sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan sog‘ligining qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazgan.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksi (JK) ning 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “l” bandi va 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan asosiy jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 15 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo umumiy tartibli kaloniyalarda o‘tattirilishi belgilandi.