O‘zbekiston Cotton Campaign xalqaro koalisiyasining qarorini olqishladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibining rasmiy kanalida ma’lum qilindi.
«Cotton Campaign xalqaro koalisiyasining O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlaymiz.
12 yildan ortiq amal qilgan boykot mamlakatimizda 2021 yilgi paxta terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan bekor qilindi.
Bundan ilgariroq Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston paxtachiligida tizimli bolalar mehnati va majburiy mehnatga chek qo‘yilganini e’tirof etdi.
Bularning barchasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bundan buyon ham qat’iy davom ettirilishi va ular ortga qaytmasligidan dalolatdir», deyiladi xabarda.