Rossiyadagi o‘zbekistonliklar uyga qaysi yo‘l bilan pul yuborishlari mumkin?

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar qaysi xizmatlar orqali uyga pul yuborishlari mumkin?

Rossiyada Visa va Mastercard to‘lov tizimlari hamda Wyestern Union platformasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Rossiyadagi o‘zbekistonliklar vatanga pul yuborish uchun hozirda qaysi xizmatlardan foydalanishlari mumkin?

O‘zbekiston banklarining ma’lum qilishicha, Rossiyadagi o‘zbekistonliklar Moneygram, Unistream, Contact, «Zolotaya korona», Ria va Asia Express to‘lov tizimlari, Paycyent, «Sber onlayn» va «Zolotaya korona» mobil dasturlari orqali O‘zbekistonga pul o‘tkazishlari mumkin.

«Rossiya va O‘zbekiston banklari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q», — deya ta’kidlagan banklardan birining vakili.