AQSH Rossiyaga dollar sotishga ta’qiq qo‘ydi

AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiyaga dollar banknotalarini sotishni taqiqlovchi buyruqni imzoladi.

«Quyidagilar taqiqlanadi… AQSHdan, AQSH jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, AQSH dollarida nominasiyalangan banknotalarni Rossiya Federasiyasi hukumatiga yoki Rossiyadagi istalgan shaxsga bevosita yoki bilvosita eksport, reeksport qilish, sotish va yetkazib berish taqiqlanadi», — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, Bayden Rossiyadan alkogol, brilliantlar va dengiz mahsulotlarini import qilishni taqiqladi. Rossiyaga esa hasham buyumlar eksporti man etildi.