Tez orada Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida transport qatnovi to‘liq tiklanishi kutilmoqda

Tez orada Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida transport qatnovi to‘liq tiklanishi kutilmoqda.
Umuman, ayni yo‘nalishda qanday chora-tadbirlar ko‘rilyapti?

“Sputnik” xabariga qaraganda, Rossiya transport vazirligi koronavirus bo‘yicha mamlakat tezkor shtabiga COVID-19 munosabati bilan xalqaro yo‘lovchi tashishga nisbatan qo‘yilgan cheklovni olib tashlash to‘g‘risida so‘rov yubordi.

Bu tez kunlarda yaqin xorij davlatlari bilan temir yo‘l qatnovi qayta yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini anglatadi.

Avvalroq Rossiya O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi tufayli amalga kiritilgan taqiqlarni bekor qilgani ma’lum bo‘lgandi. To‘g‘ri, bu ro‘yxatda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon va Eron ham bor.

Reyslar hukumatlararo havo qatnovi bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv qoidalari hamda aviasiya tarmog‘i mutasaddi tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan alohida shartnomalar asosida amalga oshiriladi.