O‘zbekiston prezidentining soxta veb-sayti yaratildi
Firibgarlar prezidentning rasmiy saytiga o‘xshash veb-sayt yaratib, odamlarning plastik kartadagi pullarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan.
O‘zbekiston prezidentining veb-saytiga o‘xshash bo‘lgan soxta veb-sayt yaratildi. Uning asosiy fonida bolalari bor har bir oilaga 650 ming so‘mdan byudjetdan pul ajratilishi aytilgan.
Ushbu pulni olish uchun tegishli havolaga o‘tib, shaxsiy ma’lumotlarni, shuningdek, plastik karta ma’lumotlarini kiritish kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.