O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi vaqtincha Lvov shahrida joylashdi

O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi vaqtincha Lvov shahrida joylashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili bu haqda axborot berdi.


Elchixona diplomatlari tomonidan muntazam ravishda O‘zbekiston fuqarolarini evakuasiya qilish ishlari davom etmoqda. Ukrainaning turli hududlarida joylashgan vatandoshlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatilgan.