Navroʻz bayrami munosabati bilan poyezdlar uchun chegirmalar e’lon qilindi

“O’zbekiston temiryoʻllari aksiyadorlik jamiyati” ta’tilga yo’l olgan talabalar uchun chegirmalarni yo’lga qo’ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-sonli farmoniga asosan, chegirmalar barcha yo’nalishdagi poyezdlarga 15%, “Afrosiyob” yuqori harakatlanuvchi poyezdlariga 10% ni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, yangi yil ta’tilida barcha temiryoʻl va aviakompaniyalar talablar uchun 50% chegirma qilgan edi.

Yoʻldoshboy Roʻzmatov