Navroʻz kuni Toshkent avtobuslarining ish vaqti bir soatga uzaytiriladi

Bayram kunlari jamoat transporti ishlash tartibi belgilandi.

Navro‘z bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2022 -yil 21, 22, 23- mart kunlari jamoat transportini quyidagicha tashkil etish belgilandi.

— 2022- yil 21- mart dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida. Yo‘nalishlardagi ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;

— 2022 -yil 22- mart seshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

— 2022- yil 23- mart chorshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo‘yildi.