Markaziy bank stavkalari oshishi milliy valyuta kursiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Bugungi kunda valyuta kursi oshib borayotgani turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, foiz va kredit kanali milliy valyuta kursiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Ushbu masala yuzasidan Markaziy bank matbuot kotibi Akmal Nazarov quyidagi ma’lumotlarni Ogoh.uz ga taqdim etdi.

Valyuta kursi oshib borayotgani munosabati bilan tijorat banklari kapitali yetarliligiga qo‘shimcha yuklama hosil bo‘ladi. Tabiiyki, banklar faqat 100%lik risk darajasidagina kreditlar ajratishga o‘tadi. Endi 100% risk shkalasida yangi beriladigan korporativ kreditlar 23%gacha, jismoniy shaxslarga esa 26%gacha oshirilishi mumkin.

Kreditlar istaymizmi yo yo‘qmi, turli yo‘llar bilan iste’molni va qo‘shimcha importni rag‘batlantiradi.

Foiz stavkalar ko‘tarilgach, kreditga talab birmuncha maqbullashadi va ajratiladigan yangi kreditlarning so‘m kursiga bosimi ancha kamayadi.

O‘z-o‘zidan, depozitlar va omonatlarning foiz stavkalari oshadi. Shu kunlarda bozorda 24%, 25%lik omonatlar takliflari paydo bo‘lsa, hayron bo‘lmaslik kerak.

Sodda aytganda so‘mdagi mablag‘larni dollarga aylantirish afzalligi kamayadi.

Shahruza Sattorova