1,6 milliard so‘m mablag‘ning maqsadsiz ishlatilgani aniqlandi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi mamlakatimizdagi qator uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini o‘rgandi.

Natijada 20 ta uy-joy mulkdorlari shirkati 37 ta holatda 1,6 milliard so‘mni maqsadsiz sarflangani yoki talon-toroj qilgani aniqlandi.

Jumladan:

– 8 ta holatda qurilish-ta’mirlash ishlari hajmiga 451,8 million so‘m qo‘shib yozilgan;
– 5 ta holatda 508,2 million so‘m kredit maqsadsiz sarflangan yoki talon-toroj qilingan;
– 16 ta holatda mulkdorlardan yig‘ilgan 313,2 million so‘m majburiy badal maqsadsiz ishlatilgan yoki talon-toroj qilingan;
– 8 ta holatda 351,9 million so‘mga teng boshqa huquqbuzarlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.