Hindiston ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali tranzit qilib jo‘natdi. 140 tonna yuk (asosan shakar) ortilgan mashinalar karvoni Kobuldan Toshkentga jo‘nab ketdi. Bungacha yuk «Mumbay – Karachi – Torkham» yo‘nalishi bo‘ylab kelgan.
Yuk jo‘natilishi Hindiston tomonidan xususiy ravishda tashkil etilgan. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit savdosi to‘g‘risidagi kelishuv uni amalga oshirish imkonini berdi.
«Endi bu [tranzit] muntazam ravishda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Pokiston portlari orqali istalgan davlatdan mahsulot olib kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi», — dedi Pokiston rasmiysi.