O‘zbekistonning so‘nggi ikki oydagi tashqi savdo aylanmasi hajmi ma’lum qilindi

O‘zbekistonning ikki oydagi tashqi savdo aylanmasi 8,7 milliard dollarga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 milliard dollarni tashkil qilgan. Jumladan, eksport hajmi 4,1 milliard bo‘lib, shundan:

mahsulotlar — 3,7 milliard dollar;
xizmatlar — 348,5 million dollar.
Shuningdek, import hajmi 4,6 milliard dollarni tashkil etgan, shundan:

mahsulotlar — 4,3 milliard dollar;
xizmatlar — 304,6 million dollar.