Yerga katta o‘lchamdagi asteroid yaqinlashib kelayotgani ma’lum qilindi

Joriy yilning 24- mart kuni Yerga 2013 BO76 asteroidi juda ham yaqinlashadi. Ushbu asteroid 50 000 km/soat tezlikda uchmoqda. Bu haqida NASA ma’lumot berdi.

Ob’yektning kengligi 450 metr, bu New York’da joylashgan 102 qavatli Empire State Building osmono‘par binosiga teng.

Ushbu asteroid Yer sayyorasining yonidan, aholiga xavfsiz masofada uchib o‘tishi kutilmoqda. Bu Yer va Oy orasidagi masofadan 13 baravar katta.

Astronomlar hozirda bir kun kelib Yerga tahdid solishi mumkin bo‘lgan 2000 ta asteroid va boshqa jismlarni kuzatishmoqda. Har kuni kosmosda yangi ob’yektlar topiladi. Shunga qaramay, Yer taxminan 66 million yil oldin dinozavrlarni yo‘q qilgan kosmik toshdan beri apokaliptik nisbatdagi asteroidni ko‘rmagan.