O‘zbekistonda 24 mart kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0–2 daraja iliq, kunduzi 2–4 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 7–12 daraja iliq; Ustyurtda kechasi 7–10 daraja sovuq, kunduzi 2–5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq atrofida, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq atrofida bo‘ladi, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.