Rossiya qachon yadro quroldan foydalanishi maʼlum qilindi

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakat to‘rtta holatda yadro quroldan foydalanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya quyidagi hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin:

Rossiyaga qarshi raketa hujumi amalga oshirilsa;

mamlakat yoki uning ittifoqchilariga qarshi har qanday yadroviy quroldan foydalanilsa;

muhim infratuzilmaga hujum qilinsa, buning oqibatida Rossiyaning yadroviy quroli nosozlikka uchrasa;

tahdid ostida bo‘lgan Rossiya yoki uning ittifoqchilariga qarshi tajovuzkorlik harakati bo‘lganda.

Medvedevning tushuntirishicha, oxirgi ssenariyda Rossiyaga qarshi hech qanday yadro quroli qo‘llanilmagan taqdirda ham javob qaytariladi. Shuningdek, u Rossiya rasmiylari muzokaralar va diplomatiyadan kelib chiqishib, yo‘l tutishini aytgan.

«NATO’ga a’zo davlatlarining yadro qurollari nishonlari mamlakatimiz hududidagi ob’yektlariga, jangovar kallaklarimiz esa Yevropa va AQSH joylashgan nishonlarga qaratilgan. Shuning uchun hamisha bu haqda o‘ylab, mas’uliyatli siyosat olib borish kerak», — degan u.