Rossiya «do‘st bo‘lmagan davlatlar» gazni qay tartibda sotib olishini ma’lum qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 31 mart kuni «do‘st bo‘lmagan davlatlar» bilan gaz savdosi qoidalari to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Putin mazkur qarorni Rossiyaning moliyaviy suvereniteti sari qadam ekanini aytgan. U rubl va ishonchli hamkorlarning valyutalaridagi savdoni ko‘paytirish bo‘yicha uzoq muddatli rejaga o‘tishni taklif qilgan. Gazprombank xorijiy xaridorlarga rubl hisob raqamlarini ochish bo‘yicha vakolatli banki sifatida belgilangan.

Maxsus hisoblar «immunitet» bilan himoyalangan bo‘lishi, ya’ni gaz bilan bog‘liq bo‘lmagan holatda mablag‘larni hibsga olish yoki hisobdan chiqarish taqiqlaniish qayd etilgan. Gaz harid qilmoqchi bo‘lgan, «do‘st bo‘lmagan davlatlar» Rossiya banklarida hisob ochishi kerak, tartib 1 apreldan kuchga kiradi.

«Agar ‘do‘stona bo‘lmagan davlatlar’ 1 apreldan boshlab rublda to‘lovni amalga oshirmasa, buni gaz shartnomalari bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik deb hisoblaymiz, bunday holatda shartnomalar to‘xtatiladi», — deydi Rossiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Putin 23 mart kuni Yevropaga gaz rublda sotilishini e’lon qilgandi.