Sanksiyalar Putin oilasiga nisbatan ham qo’llanila boshlandi

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qizlari deb hisoblangan Katerina Tixonova va Mariya Voronsovani yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Agentlikning ta’kidlashicha, bu ko‘proq “ramziy ishora”, chunki Tixonova va Voronsovaning Rossiyadan tashqaridagi muhim boyliklari noma’lum, ammo bu Putinning “e’tiborini jalb qilish” uchun mo‘ljallangan.

“The Wall Street Journal”ning Yevropadagi muxbiri Lourens Norman ham Rossiya Prezidentining qizlari deb hisoblangan Katerina va Mariya sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi mumkinligi haqida yozgan.