Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligi to‘xtatildi, O‘zbekiston qaysi tomonga ovoz berdi?

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi bugun Rossiya harbiylari Ukrainaga bostirib kirishi chog‘ida inson huquqlarining “qo‘pol va muntazam ravishda buzilishi” dalillari tufayli Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatdi.

BMT qaroriga ovoz bergan ishtirokchi davlatlarning 93 tasi Rossiyani chiqarib tashlash uchun ovoz bergan, 24 davlat qarshi chiqdi, 58 nafari betaraf qoldi.

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiya tomonini yoqlab ovoz bergan.

Armaniston va Ozarbayjon vakillari ovoz berishga kelmagan. Xitoy ham qarshi ovoz berdi, Hindiston betaraf qoldi.

Ovozga qo‘yilgan rezolyusiya matnida Rossiya bosqinidan so‘ng “Ukrainada davom etayotgan gumanitar va inson huquqlari inqirozidan chuqur xavotir” bildirilgan.