Pensiya va nafaqalarni bank kartalari orqali oluvchilarga 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi

Prezident “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensasiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

2022 yil 1 maydan boshlab:
➖ Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda bankka xizmat haqi to‘lab beriladi.
Bunda, Xalq banki zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yig‘inlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablag‘larini ularning xohishlariga ko‘ra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatiladi;

➖ pensiya va nafaqalarni bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi. Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga o‘tkazish asosida hujjatlarni qog‘oz shaklida yuritishdan voz kechiladi.

➖ 2022 yilning 1 oktyabriga qadar xorijdan 1 800 ta bankomat olib kelgan holda, ularning hududlar, shu jumladan, olis tumanlarda o‘rnatilishi ta’minlanadi.